DIQQAT E`LON!

17-01-2019 | 6595

2018 yil dekabr oyidan boshlab fanlar kesimida yangi tuzilgan test topshiriqlari kiritilgan “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalining maxsus sonlari chop etilmoqda. Ulardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari, oliy harbiy ta'lim muassasalariga o`qishga kirishga tayyorgarlik ko`rayotgan abituriyenlar foydalanishlari mumkin. 
Jurnalning 4/1 va 4/2-sonlarini Davlat test markazi va uning viloyatlardagi bo‘limlaridan olish mumkin (to`lovlar shartnoma asosida naqd yoki pul o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi). Bo`limlar bilan bog`lanish telefonlari Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (dtm.uz)da joylashtirilgan.
Hurmatli abituriyentlar! “Axborotnoma” jurnalining maxsus 4/1 va 4/2-sonlarida bosilgan namunaviy test topshiriqlaridan foydalaning va bilimingizni sinab boring. 
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun saytimizni kuzatib boring.

Murojaat uchun telefon :  +99890 974 48 37 
Murojaat qilish vaqti: dushanba-juma, (09:00-18:00, tushlik 13:00-14:00) 
shanba va yakshanba dam olish kuni.