DIQQAT YANGILIK!

19-12-2018 | 2967

Diagnostik test sinovi yordamida yangi shakllantirilgan test topshiriqlari aprobatsiyadan o`tkazib borilishi yolga qoyilmoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida Davlat test markazida quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:

  • 2019/2020 o‘quv yilida test sinovlari uchun ishlatilishi rejalashtirilayotgan test topshiriqlarini, shu bilan birga, takomillashtirilayotgan test materiallari (test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi) aprobatsiya qilinadi;
  • aprobatsiya jarayoni har oyning oxirgi haftasida o‘tkaziladi;
  • Davlat test markazida va Toshkent shahrida joylashgan ta'lim muassasalarida markaz xodimlari tomonidan o‘tkazilgan diagnostik test sinovida yuqori natijaga erishgan test topshiruvchilar bepul aprobatsiyaga taklif etiladi;
  • taklif etilganlar soni test sinovi o`tkaziladigan bino sig‘imi inobatga olingan holda belgilanadi;
  • aprobatsiya tahlili natijasiga ko‘ra har bir fandan bir nechta saralangan test topshiriqlari yechimlari rasmiy saytda berib boriladi;
  • talabgorlarni ONLINE ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, diagnostik test sinovi va aprobatsiya jarayonida ishtirok etganlarning reytingi ham muntazam aniqlab boriladi hamda test topshiruvchilarning taklif va mulohazalari o‘rganib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish