E`lon

10-03-2020 | 5377

Saqlanish muddati yakunlangan arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilish maqsadida ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash korxonalariga sotish to‘g‘risida tanlov e’lon qilinadi.

Taklif etilayotgan xom ashyo og‘irligi taxminan 25 ming kg.

Tanlovda ustuvorlik:
1. Yuqori narx taklif etgan;
2. Saqlash muddati tugagan hamda yo‘q qilishga ajratilgan hujjatlarni sotuvchi korxona vakillari kuzatuvi asosida qisqa vaqt ichida yo‘q qilish imkoniyatiga ega korxonaga beriladi. 

Takliflaringizni Davlat test markazi Ishlar boshqarmasiga 16-mart 2020-yilgacha taqdim etishingizni so‘raymiz.

Tel: (71) 234 07 22