Eʼlon

26-03-2019 | 812

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Xakberdiyev Kaxramon Kurbanovich rahbarligida Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shaxsan koʻrib chiqish uchun 2019 yil 27-28 mart kunlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sayyor qabul oʻtkaziladi.

Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan murojaat qilishni istagan fuqarolar quyidagi manzillarga belgilangan muddatlarda murojaat qilishlari mumkin: 

Sayyor qabullar:

Qashqadaryo viloyatida - 2019 yil 27 mart kuni Qarshi shahridagi 
5-sonli maktabda soat 15:00 da;

Surxondaryo viloyatida: 2019 yil 28 mart kuni Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi , 42-uy manzilida soat 11:00 da;.