"EL-YURT UMIDI" JAMG‘ARMASI DASTURLARI BO‘YICHA 3-BOSQICH TEST SINOVLARI BO‘LIB O‘TDI

19-04-2019 | 1847

18 aprel kuni Davlat test markazida "El-yurt umidi" jamg‘armasi dasturi asosida "Fan va ilmiy tadqiqotlar", "Sog‘liqni saqlash" "Davlat boshqaruvi" va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari" yo‘nalishlari bo‘yicha 3-bosqichga tavsiya etilgan nomzodlarning intellektual qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

3-bosqichga tavsiya etilgan 324 nafar nomzoddan 300 nafari o`tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa, 24 nafar nomzod test sinovlariga kelmadi. 

Eslatib o‘tamiz: natijalar test sinovlari yakunlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida Davlat test markazi tomonidan "El-yurt umidi" jamg‘armasiga taqdim etiladi.

Nomzodlar test sinovi natijalarini shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Barcha nomzodlarga omad tilaymiz.

 

 

Axborot xizmati