"EL-YURT UMIDI" JAMG‘ARMASI DASTURLARI BO‘YICHA TANLOV   DAVOM ETMOQDA

04-04-2019 | 792

4 aprel kuni Davlat test markazida "El-yurt umidi" jamg‘armasi dasturi asosida "Fan va ilmiy tadqiqotlar", "Sog‘liqni saqlash" "Davlat boshqaruvi" va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari" yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov uchun test sinovlari davom etdi.

Tanlovning birinchi kunida rejada belgilangan 333 nomzoddan 268 nafari  ingliz, nemis, fransuz, ispan, koreys, arab va xitoy tillarini bilish va egallash darajasini baholash uchun o`tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa, bugun – tanlovning ikkinchi kunida rejada belgilangan 223 nomzoddan 184 nafari rus tilini bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etdi. Ikki kun davomida jami 104 nafar nomzod test sinovlariga kelmadi. 

Eslatib o‘tamiz: belgilangan tartibga ko‘ra chet tili, rus tilini bilish va egallash darajasini baholash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar intellektual qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadilar. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi "El-yurt umidi" jamg‘armasi saytida e'lon qilinadi. Shuningdek, natijalar test sinovlari yakunlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida Davlat test markazi tomonidan "El-yurt umidi" jamg‘armasiga taqdim etib boriladi.

Barcha nomzodlarga omad tilaymiz.

Axborot xizmati