Eng bilimli abituriyentlar taqdirlanadi

04-03-2021 | 694

Davlat test markazi tomonidan bilimli abituriyentlarni munosib taqdirlash maqsadida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lish uchun talabgorlar Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida tashkil etilayotgan diagnostik test sinovlarida yuqori natija ko‘rsatishlari lozim.

Unda 2021-yil 11- va 18-mart kunlari o‘tkaziladigan diagnostik test sinovlarida eng yuqori natija (ball) ko‘rsatgan 3 nafar abituriyent g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin – telefon;
  • 2-o‘rin – aqlli soat;
  • 3-o‘rin – telefon uchun quvvat manbai (Powerbank).

Tanlovda Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirgan talabgorlar ishtirok etadi.

Diagnostik test sinovlari orqali o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘olib bo‘ling!

 

Davlat test markazi matbuot xizmati