Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

02-06-2021 | 885

2021-yil 24-may kuni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 1-2-iyun kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors va pushtu tillari bo‘yicha 637nafar talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun respublikamizning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari va nodavlat tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati