Harbiy xizmatchilarning farzandlariga beriladigan imtiyozlar

20-02-2020 | 3049

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozlar belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq:


Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)da harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda ajratilgan besh foizli qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Tavsiyanoma blankasining shakli


Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning harbiy xizmatchilarining farzandlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda belgilangan qabul ko‘rsatkichlaridan tashqari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Tavsiyanoma blankasining shakli


Tavsiyanomalarning amal qilish muddati uch yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati