Ingliz tili B2 daraja sertifikati uchun olingan test sinovlari natijalari tahlili

29-12-2021 | 1642

Test sinovlari 5 qismdan iborat bo‘lib, ikki bosqichda: yozma va og‘zaki shaklda o‘tkaziladi. Test sinovlarida jami 115 nafar talabgor ishtirok etdi.

Testning tinglab tushunish, o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biri 30 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, ushbu bo‘limlar natijalari klassik hamda zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha tahlil qilindi.

Statistik tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan maxsus dastur yordamida pedagogik testlarning asosiy statistik tavsiflari: o‘rta qiymatlar, gistogrammalarni qurish, moda va mediana kabi ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda test ballarining umumiy dispersiyasi (standart tafovut) aniqlandi. Test ballari (yoki to‘g‘ri javoblar)ning o‘rta arifmetik qiymati fanlar (bo‘limlar) kesimida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich test ballari o‘rtasidagi tafovutlarni umumlashtiradi, ularga xos bo‘lgan yo‘nalishni, qonuniyatni ochib beradi. Test sinovlari natijalari asosida aniqlangan test ballari taqsimoti gistogrammasi quriladi va uning normal taqsimotga yaqinligi baholanadi. Gistogrammaning normal taqsimotga yaqinligi test sifatining yaxshiligini, test sinovlarining obyektiv o‘tkazilganligini bildiradi. Test ballarining eng ko‘p takrorlanadigan qiymati statistikada moda deb, o‘sish tartibida joylashtirilgan test ballari qatorining o‘rtasida joylashgan qiymat esa mediana deb ataladi. O‘rta arifmetik qiymat, moda va mediana qiymatlari o‘zaro teng bo‘lganda test ballari taqsimoti simmetrik bo‘ladi. Ushbu statistik ko‘rsatkichlar biri-biridan qanchalik ko‘p farq qilsa, ballar taqsimoti normal taqsimotdan shunchalik farqlanadi.

1-jadvalda tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar hamda taqsimot gistogrammalari keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tinglab tushunish bo‘limida taqsimot normal taqsimotga yaqin, biroq o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarida taqsimot normal taqsimotdan farq qiladi.

Tinglab tushunish

O‘qish

Leksik va grammatik kompetensiyalar

Test topshiruvchilar soni

115

Test topshiruvchilar soni

115

Test topshiruvchilar soni

115

O‘rtacha qiymat

17,62

O‘rtacha qiymat

13,89

O‘rtacha qiymat

14,86

Mediana

17,00

Mediana

13,00

Mediana

14,00

Moda

17

Moda

11

Moda

17

Standart tafovut

4,246

Standart tafovut

5,496

Standart tafovut

5,536

Dispersiya

18,028

Dispersiya

30,206

Dispersiya

30,647

 

 

1-jadval. Test natijalarining tavsif statistikasi

Tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari natijalari zamonaviy test nazariyasining Rash modeli asosida tahlil qilindi.

1-rasmda Rash modeli bo‘yicha aniqlangan qiyinlik darajalari asosida elementga javob hamda element ma’lumoti funksiyalari keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘qish bo‘limida qiyinlik darajalari nisbatan tekis taqsimlangan.

2-rasmda yuqoridagi uchta bo‘lim bo‘yicha test ma’lumoti chiziqlari aks etgan. Umuman olganda, rasmdan har uch kompetensiya bo‘yicha ham test maʼlumoti chiziqlari kerakli qobiliyat oralig‘ini qamrab olishi, bu qamrov tinglab tushunish bo‘limi bo‘yicha past qobiliyatlar uchun ko‘proq, o‘qish bo‘limi bo‘yicha yuqori qobiliyatlar uchun ko‘proq, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limi bo‘yicha esa past va yuqori qobiliyatlar uchun deyarli bir xil ekanligini ko‘rish mumkin.

1-rasm. Elementga javob funksiyalari (birinchi ustun) va element maʼlumoti funksiyalari (ikkinchi ustun)

2-rasm. Test ma’lumoti chiziqlari

Ishonchlilik tahlili (Kronbax alfa koeffitsiyenti) validlikning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich Li Kronbax tomonidan kiritilgan bo‘lib, testning umumiy ichki barqarorligini ifodalaydi:

Alfa qiymati

Ichki barqarorlik

alpha ≥ 0,9

a’lo

0,8 ≤ alpha < 0,9

yaxshi

0,7 ≤ alpha < 0,8

qoniqarli

0,6 ≤ alpha < 0,7

shubhali

0,5 ≤ alpha < 0,6

yomon

alpha < 0,5

qoniqarsiz

Standart xatolik talabgorning natijasi uning “haqiqiy” bahosidan qanchalik farqlanishini ko‘rsatadi. Standart xatolik qiymati qanchalik kichik bo‘lsa, talabgorning natijasi uning “haqiqiy” bahosiga shunchalik yaqin bo‘ladi.

Quyidagi jadvalda testning barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘rtacha qiymatlar, standart tafovut, alfa koeffitsiyentlari hamda standart xatolik keltirilgan:

 

O‘rtacha qiymat

Standart tafovut

Kronbax alfa

Standart xatolik

Tinglab tushunish

17,61

4,23

0,67

2,43

O‘qish

13,89

5,47

0,79

2,51

Leksik va grammatik kompetensiyalar

14,86

5,51

0,81

2,40

Umumiy

46,36

13,64

0,90

4,25

Jadvaldan tinglab tushunish bo‘limi bo‘yicha alfa qiymati me’yordan pastroq ekanligini, umuman olganda esa testning ichki barqarorligi yuqoriligini ko‘rish mumkin.