Ingliz tili fanidan test topshiriqlari to‘plami sotuvga chiqarildi

11-11-2019 | 30939

Davlat test markazi hamda “Davr press” nashriyot-matbaa uyi qo‘shma loyihasi asosida barcha umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari tayyorlangan bo'lib, test topshiriqlari to‘plamlari bosqichma-bosqich sotuvga chiqarilmoqda.

9-noyabrdan "Ingliz tili" fanidan test topshiriqlari to‘plami sotuvga chiqarila boshlandi.

To‘plamdan 2019-yilgi test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan bo'lib, to‘plam o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

Test topshiriqlari mazmuni bo’yicha takliflar va fikr-mulohazalaringizni test@dtm.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, 1-noyabrdan "Ona tili va adabiyot", "Matematika", "Fizika" fanlaridan test topshiriqlari to’plamlari sotuvga chiqarilgan.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati