ISHONCH TELEFONI UCHUN (CALL-CENTER)

12-01-2021 | 1910

ISHONCH TELEFONI UCHUN (CALL-CENTER) AUTSORSING XIZMATI TALABLARI  “Ishonch telefoni”ga tushayotgan murojaatlar har kuni (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) uzluksiz qabul qilinishi lozim.  “Ishonch telefoni” xizmatining asosiy vazifasi aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini taʼminlash, murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqni so‘zsiz amalga oshirishi lozim.  “Ishonch telefoni” xizmati uchun yillik shartnoma tuziladi. Murojaatchining talabiga ko‘ra o‘zbek va rus tillarida xizmat ko‘rsatishi lozim.  “Ishonch telefoni” har oyning oxirgi sanasiga qadar murojaatlar yuzasidan batafsil statistik maʼlumotlar taqdim etishi lozim. Statistik maʼlumotlarga murojaatchilar soni, qaysi masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘proq bo‘layotgani va boshqa masalalar bo‘lishi kerak.  “Ishonch telefoni”ning faoliyati davomida mijozni haddan tashqari uzoq vaqt kutish rejimida ushlab turish, ish jarayonidagi uzilishlar va sifatsiz xizmat ko‘rsatish bo‘lmasligi lozim.  “Ishonch telefoni” da IVR xizmati kiritilgan bo‘lishi lozim.  “Ishonch telefoni”ga tushayotgan murojaatlarga to‘liq va sifatli javob berishni tashkillashtirish maqsadida ko‘p so‘raladigan savollar bazasini yaratishi lozim. “Ishonch telefoni” xizmati 18000- 20000 ta qo‘ng‘iroqni o‘z ichiga olgan yillik to‘plamdan iborat bo‘lishi lozim.

Rekvizitlar:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Toshkent sh., Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy
h/r 400110860262667950100045001
STIR 200626780
Moliya vazirligi G‘aznachiligi
h/r 23402000300100001010
XKKM Markaziy bank bosh boshqarmasi
MFO 00014
STIR G‘azna:201122919