ISHONCH TELEFONI UCHUN (CALL-CENTER) AUTSORSING XIZMATI TALABLARI

12-01-2021 | 2571

ISHONCH TELEFONI UCHUN (CALL-CENTER) AUTSORSING XIZMATI TALABLARI

• “Ishonch telefoni”ga tushayotgan murojaatlar har kuni (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) uzluksiz qabul qilinishi lozim.

• “Ishonch telefoni” xizmatining asosiy vazifasi aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini taʼminlash, murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqni so‘zsiz amalga oshirishi lozim.

• “Ishonch telefoni” xizmati uchun yillik shartnoma tuziladi. Murojaatchining talabiga ko‘ra o‘zbek va rus tillarida xizmat ko‘rsatishi lozim.

• “Ishonch telefoni” har oyning oxirgi sanasiga qadar murojaatlar yuzasidan batafsil statistik maʼlumotlar taqdim etishi lozim. Statistik maʼlumotlarga murojaatchilar soni, qaysi masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘proq bo‘layotgani va boshqa masalalar bo‘lishi kerak.

• “Ishonch telefoni”ning faoliyati davomida mijozni haddan tashqari uzoq vaqt kutish rejimida ushlab turish, ish jarayonidagi uzilishlar va sifatsiz xizmat ko‘rsatish bo‘lmasligi lozim.

• “Ishonch telefoni” da IVR xizmati kiritilgan bo‘lishi lozim.

• “Ishonch telefoni”ga tushayotgan murojaatlarga to‘liq va sifatli javob berishni tashkillashtirish maqsadida ko‘p so‘raladigan savollar bazasini yaratishi lozim.

• “Ishonch telefoni” xizmati 18000- 20000 ta qo‘ng‘iroqni o‘z ichiga olgan yillik to‘plamdan iborat bo‘lishi lozim.

Rekvizitlar:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Toshkent sh., Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy
h/r 400110860262667950100045001
STIR 200626780
Moliya vazirligi G‘aznachiligi
h/r 23402000300100001010
XKKM Markaziy bank bosh boshqarmasi
MFO 00014
STIR G‘azna:201122919