Iyun oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

01-06-2021 | 841

2021-yil 1-iyun kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida iyun oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish 7-iyun kuniga qadar (7-iyun kuni ham) davom etadi.

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati