JAMOATCHILIK KENGASHI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

29-03-2019 | 1777

2019 yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi muhokamasi yakunlari, korrupsiyaga qarshi amaliy tadbirlar mohiyati, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash sifatini va samaradorligini oshirish masalalari qo‘yildi. 

Kun tartibining 1-masalasi ochiq maqomda bo‘lganligi bois, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda muhokama qilindi. Shuningdek, Davlat test markazining yanvar-mart oylari bo‘yicha faoliyati tahlili o‘rganildi hamda tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi, kengash faoliyati  rejalari belgilab olindi. 

Yig‘ilish yakunida jamoatchilik, jumladan, o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan hamkorlikni yaxshilash, ularning fikrini muntazam o‘rganib borish, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qilish organlari ko‘magida ko‘proq tadbirlar o‘tkazish, tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, xo‘jalik va davlat boshqaruvi, ta'lim muassasalari, yoshlar ittifoqi, ishlab chiqarish sektorlari bilan aloqa sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi