Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovi sanalari belgilandi

04-05-2021 | 309

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi  646-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan edi.

Mazkur qarorga muvofiq 2021-yil 3-martdan 3-aprelga qadar kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar Davlat test markazi tomonidan onlayn ro‘yxatga olindi.

Mazkur muddat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar uchun test sinovlari 11-12-may kunlari o‘tkaziladi.

Bunda kimyo fanidan test sinovi 11-may kuni, biologiya fanidan esa 12-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati