Korrupsiyasiz soha mavzusida ochiq muloqot

07-12-2020 | 1046

2020-yil 7-dekabr kuni Davlat test markazida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi va Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi bilan tabriklab, Davlat test markazida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakili Tursunmetov Murodilla Maxmudjanovich ta’lim tizimida kuzatilayotgan korrupsiya holatlari va ularni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtatlib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakili Mamanov Sardorjon Sobirjonovich esa “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati” va “O‘zbekistonda korrupsiyaga komlayens nazorat (Compliance control) tizimini joriy etish masalalari” mavzularida taqdimot qildi.

So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi vakili Xudoyberdi Tursunmetov korrupsiyaning davlatga va jamiyatga ta’siri, korrupsiyani oldini olish choralari to‘g‘risida fikr yuritdi.

Tadbir so‘ngida Davlat test markazi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan komlayens nazorat (Compliance control) tizimi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati