Majburiy fanlar bo’yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi o’tkaziladi

21-10-2019 | 1680

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2020-2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritish belgilab qo’yilgan.

Davlat test markazi tomonidan barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari ishlab chiqildi.

2019-yil 22-24 oktabr kunlari respublikamizdagi o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mazkur test topshiriqlarining aprobatsiyasi o‘tkaziladi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati