Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

17-12-2020 | 17205

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) dan namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi. Unda har bir fan bo‘yicha:

  • 15 tadan test topshirig‘i;
  • test topshirig‘ining yechilishi;
  • to‘g‘ri javob;
  • manba keltirilgan.

Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari bilan https://dtm.uz/page/majburiy_2020 havolasi orqali kerakli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

Avvalroq umumta’lim fanlaridan ham namunaviy test topshiriqlari (https://dtm.uz/page/namuna_2020) e’lon qilingan edi.

O‘ylaymizki, namunaviy test topshiriqlari abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati