Mart oyi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

05-03-2021 | 592

2021-yil 1-mart kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlangan bo‘lib, 5-mart kuniga qadar davom etishi belgilangan edi.

Talabgorlarning murojaatlariga asosan, hujjatlarni qabul qilish 12-mart kuniga qadar (12-mart kuni ham) uzaytirildi.

Test sinovlari esa 24-26-mart kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati