Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

15-05-2019 | 5472

Davlat test markazi tomonidan «“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–4319-son va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimi sertifikatlarini tatbiq qilish to‘g‘risida” 395-son qarorlari mohiyati: test sinovi tizimiga kiritilgan o‘zgarish va yangiliklar» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjuman 2019 yil 15 may kuni soat 12.00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida tashkil etildi. Unda direktor o‘rinbosari, boshqarma boshliqlari, bo‘lim boshliqlari, Axborot xizmati rahbari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mazkur qarorlarga muvofiq test sinovi tizimiga kiritilayotgan o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida, xususan, oliy ta'lim muassasalariga o‘qish istagidagi yoshlarning davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi, uchtagacha ta'lim yo‘nalishini tanlash, test natijalari va belgilangan muddatda o‘qishga tavsiya to‘g‘risida ma'lumotlarni e'lon qilish, binolarga o‘rnatiladigan texnik vositalar, chet tili bo‘yicha milliy va xalqaro baholash institutlari sertifikatlari imtiyozlari hamda boshqa muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida keng ma'lumotlar berildi.

Tele va radiokanallar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlarning savollariga batafsil javob berildi. Matbuot anjumani qizg‘in musohaba ruhida o‘tdi.

 

Axborot xizmati