Yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus ekspertlar guruhi yig‘ilishi

14-02-2020 | 6455

2020-yil 14-fevral kuni Davlat test markazida ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqib (YeGE – Rossiya Federatsiyasi, SAT – Amerika Qo‘shma Shtatlari, GCSE – Buyuk Britaniya dasturlari misolida), umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlovchi maxsus ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan belgilangan ekspertlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish tartiblari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Davlat test markazining mazkur masala yuzasidan takliflari ekspertlar guruhiga taqdim etildi va guruh a’zolarining fikrlari hamda takliflari olindi.

Shuningdek, biturivchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga oid xorijiy davlatlar tajribalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlat test markazining matbuot xizmati