Milliy seritifkat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi

28-04-2021 | 640

2021-yil 13-14-aprel kunlari ilk bor ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlaridan milliy sertifikatlash imtihonlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur imtihon natijalari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati