Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi 5-may kunidan boshlanadi

03-05-2021 | 384

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, doimiy tarzda har oyda o‘tkazib kelinmoqda.

Ulardan biri “Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kursi bo‘lib, 5-may kunidan boshlanadi.

Unda tinglovchilarga ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 4-may kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati