Navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi

29-04-2021 | 357

2021-yil 29-aprel kuni “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi.

Unda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va nodavlat ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Malaka oshirish kurslari  36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 5-mayga qadar davom etadi.

Malaka oshirish kurslari har oyda tashkil etilayotgan bo‘lib, talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati