“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi natijalari e’lon qilindi

28-04-2021 | 336

2021-yil 26-aprel kuni Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tgan edi.

Bugun, 28-aprel kuni mazkur test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin.

Keyingi test sinovi may oyida Toshkent va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi. Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati