“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi sanalari belgilandi

01-06-2021 | 636

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan har oy Toshkent shahrida o‘tkazib kelinayotgan “O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovining iyun oyida o‘tkaziladigan sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, mazkur test sinovi iyun oyida nafaqat Toshkent shahrida, balki talabgorlarning murojaatlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida ham tashkil etilmoqda.

Bunda test sinovini Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11-iyun, Toshkent shahrida 18-iyun va Andijon viloyatida 22-iyun kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi muddatlarda my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan test sinoviga - 8-iyunga qadar;
  • Toshkent shahrida o‘tkaziladigan test sinoviga - 16-iyunga qadar;
  • Andijon viloyatida o‘tkaziladigan test sinoviga - 18-iyunga qadar.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati