Oliy ta'lim muassasalarida hujjat qabul qilish ishlari yakunlandi

16-07-2018 | 24660

15 iyul kuni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun hujjat qabul qilish ishlari yakunlandi.

Joriy yilning 15 iyun-15 iyul kunlari Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 19 ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. Tanlov ko‘rsatkichi bir o‘ringa o‘rtacha 8,3 tani tashkil etdi.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat quyidagi oliy ta'lim muassasalariga topshirilgan:

  • Qarshi davlat universiteti – 30 937 nafar;
  • Samarqand davlat universiteti – 28 733 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti – 27 726 nafar;

Eng katta konkurs quyidagi oliy ta'lim muassasalarida qayd etildi:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 23,2;
  • Andijon mashinasozlik instituti – 1 o‘ringa 18,3;
  • Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialida – 1 o‘rin 17,6 ta.


Axborot xizmati