Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani

31-05-2021 | 909

Ertaga, 1-iyun kuni soat 11:00 da Milliy matbuot markazida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati.

Ishtirokchilar:

  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
  • Davlat test markazi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @MARKAZ16Uz ga jo‘natishingiz mumkin.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali onlayn translatsiya qilinadi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati