Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ochiq muloqot

04-06-2021 | 3256

2021-yil 4-iyun kuni (bugun) soat 15:00 dan 16:00 ga qadar Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Ochiq muloqot telegramning ovozli chat funksiyasidan foydalangan holda tashkil etiladi.

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati