Ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan test namunalari

03-03-2021 | 2200

Ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

Test namunalari bilan Davlat test markazining rasmiy veb-saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Test namunalari matematika fanidan o‘zbek va rus tillarida, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan esa shu tilning o‘zida e’lon qilingan.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati