Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida (2020-yil 22-noyabr)

23-11-2020 | 28422

Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 22-noyabr).

Andijon, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi 28 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida ob-havoning keskin sovib ketishi hamda abituriyentlarning hududlarga o‘z vaqtida yetib kelishi uchun 1-smenada test sinovlari 10.00 da boshlanib, 12.00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 14 018 nafar abituriyentdan 10 908 nafari (77,8%) qatnashdi. 3 095 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 3 nafar, imtihon jarayonida esa 12 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

21-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Surxondaryo viloyatidagi Qumqo‘rg‘on pedagogika kollejida – 144,9 ball qayd etildi.

Kollej va texnikum abituriyentlarining aksariyati bunga qadar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida ishtirok etganligini inobatga olib, to‘plagan bali avvalgi ballar bilan taqqoslanganda deyarli tafovvut kuzatilmadi.