Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida (2020-yil 23-noyabr)

23-11-2020 | 7519

Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 23-noyabr).

Respublikadagi 56 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 37 811 nafar abituriyentdan 28 675 nafari (75,8%) qatnashdi. 9 104 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 3 nafar, imtihon jarayonida esa 29 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

22-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon tibbiyot kollejida – 160,6 ball qayd etildi.