Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot

30-11-2020 | 12521

Respublikadagi kollej va texnikumlarga qabul test sinovlari joriy yilning 20-noyabridan 29-noyabrga qadar o‘tkazildi. Test sinovlari barcha hududlarda 29-noyabr kuni to‘liq yakunlandi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoniga muvofiq o‘qishga kirish istagida bo‘lgan 195 089 nafar abituriyent uchun 128 ta kollej va 50 ta texnikumlarda o‘tkazildi.

Unda jami ishtirok etishi rejalashtirilgan 195 089 nafar abituriyentdan 148 580 nafari (76,2%) qatnashdi. 46 509 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 50 nafar, imtihon jarayonida esa 228 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

Abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga abituriyentning shaxsiy kabineti (texnikum.dtm.uz sayti)da e’lon qilib borildi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati