Ro‘yxatdan o‘tish (21-iyul 18:00 holatiga)

21-07-2021 | 45491

2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 21-iyul 18:00 holatiga).

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 924 788 nafar.

Ta’lim shakllari bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 472 978 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli – 420 020 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli – 31 790 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 784 619 nafar;
  • Rus tili – 106 979 nafar;
  • Qoraqalpoq tili – 30 332  nafar;
  • Boshqa tillar – 2 858 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  • O‘zbekiston milliy universiteti – 31 979 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti – 29 543  nafar;
  • Urganch davlat universiteti – 29 476 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti – 29 132 nafar;
  • Namangan davlat universiteti – 28 434 nafar.

 

To‘liq tanishish uchun

 

Davlat test markazi matbuot xizmati