Rus tilidagi navbatdagi test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi

04-12-2019 | 7656

4-dekabrdan “Rus tili va adabiyot” hamda “Tarix” fanlaridan rus tilidagi test topshiriqlari to‘plamlari sotuvga chiqarildi.

Test topshiriqlari mazmuni bo‘yicha takliflar va fikr-mulohazalaringizni test@dtm.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar “Ona tili va adabiyot”, “Matematika”, “Biologiya”, va “Tarix” fanlaridan o’zbek tilida, “Fizika” va “Kimyo” fanlaridan o’zbek va rus tillarida hamda “Ingliz tili” fanidan test topshiriqlari to‘plamlari sotuvga chiqarilgan edi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati