Tanlov o'tkazish tartibi va imtiyozga ega bo’lgan abituriyentlar uchun o’tish ballari

24-08-2019 | 7618

Test sinovlari natijalari bo'yicha tanlov o'tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat:

1-bosqich: olimpiada, tanlov, musobaqa g'olibi yoki davlat mukofoti sohibi;

2-bosqich: olis cho'l hududi;

3-bosqich: nogironligi bo'lgan shaxs;

4-bosqich: harbiy xizmatchi farzandi;

5-bosqich: IIV organi xodimi farzandi;

6-bosqich: chin yetim;

7-bosqcih: harbiy tavsiyanoma;

8-bosqich: davlat buyurtmasi parametrlari.

Tavsiya - tanlov o'tkazish bosqichlari ketma-ketligida tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida ballar reytingi bo'yicha amalga oshiriladi.

Davlat grantining quyi chegarasi 68,0 ball (nogironligi bo'lgan shaxslar uchun 56,7 ball).

To'lov-kontraktning quyi chegarasi 56,7 ball.

Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) da imtiyozga ega bo’lgan abituriyentlarning 2019/2020 o'quv yili uchun o‘tish ballarini bilish imkoniyati yaratildi.

Ushbu xizmatdan rasmiy veb-saytdagi “IMTIYOZ O’TISH BALI” bo’limi orqali foydalanish mumkin.

Mazkur bo’limga kirgandan so’ng,

- Ta’lim shakli;

- Imtiyoz turi;

- Oliy ta’lim muassasasi (OTM) tanlanadi.

Mazkur amallar bajarilgandan so'ng, imtiyoz turlari bo‘yicha o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Davlat test markazi