Test sinovlarini takomillashtirish davom etmoqda

04-02-2020 | 2663

Jahon tajribasidan unumli foydalangan holda, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini (test sinovlarini) optimallashtirish, imtihonlarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish, ta’lim muassasalarining bitiruvchi o‘quvchilarini hamda abituriyentlarni qo‘shimcha, bir-birini qaytaradigan o‘xshash imtihonlardan ozod qilish maqsadida yangicha usul va tartib joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.

Taklifning mohiyati shundan iboratki, bosqichma-bosqich bitiruv imtihonlarining natijasi bilan qabul test sinovlarida qatnashmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri OTMga o‘qishga qabul tanlovlarida ishtirok etish tartibini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Buning uchun ilg‘or xorijiy tajribalar, masalan, Rossiya Federatsiyasi (YeGE), Amerika Qo‘shma Shtatlari (SAT) va Buyuk Britaniya (GCSE) dasturlari misolida umumta’lim muassasalarining bitiruv davlat imtihonlari davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlari bilan birlashtirilishi mumkin. Natijada davlat byudjetidan sarflanadigan katta miqdordagi xarajatlar keskin kamayadi, bir xil fanlardan ikki martadan imtihon topshirishning oldi olinadi va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda zamonaviy, qulay usul yaratiladi.

Bugungi kunda masalaga oid takliflar ishlab chiqilmoqda va ekspertlar tahlili uchun taqdim etilmoqda.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati