Testologiya va pedagogik o‘lchovlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari

04-03-2021 | 339

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari (shartnoma asosida) yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har oyda o‘tkazilmoqda.

Unda tinglovchilar uchun pedagogik o‘lchovlar nazariyasi asoslari, test topshiriqlarini ishlab chiqish, test topshiriqlarining sifatini testning klassik nazariyasi va zamonaviy test nazariyasi asosida tahlil qilish, shaxsning intellektual qobiliyati va psixologik barqarorligini aniqlashga qaratilgan test topshiriqlarini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Malaka oshirish kurslari testologiya va pedagogik o‘lchovlar bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.

Elektron pochta: ilmiy_markaz@dtm.uz.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati