Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovi sanalari belgilandi

03-06-2021 | 1842

Ma’lumki, 2021-yil 27-apreldan 15-mayga qadar ona tili va adabiyot hamda matematika, 17-maydan 30-mayga qadar esa kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikatlash tizimi uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olindi.

Mazkur muddat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar uchun test sinovlari 9-10-iyun kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2 smenada tashkil etilib, quyidagi muddatlarda bo‘lib o‘tadi:

  • 9-iyun 1-smena - kimyo;
  • 9-iyun 2-smena - matematika;
  • 10-iyun 1-smena - biologiya;
  • 10-iyun 2-smena - ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti).

Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati