Yetkazib beruvchilar va kompaniyalar rahbarlariga

01-06-2019 | 4816
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi
PQ–4319-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda kirish imtihonlarini sifatli o‘tkazish maqsadida texnik talablarga mos uyali aloqa va axborot uzatish  simsiz tarmog‘i to‘lqinini so‘ndiruvchi qurilmalar yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha eng yaxshi takliflar ko‘rib chiqilmoqda. 
Shu munosabat bilan, sizdan 2019 yil 10 iyun kuniga qadar quyidagi elektron pochta manzillariga info@dtm.uz, orgtest@dtm.uz savdo takliflarini taqdim etishingizni so‘raymiz.
Uyali aloqa va axborot uzatish  simsiz tarmog‘i to‘lqinini so‘ndiruvchi qurilmalarining  texnik va funksional xususiyatlariga qo‘yilgan talablar:  CDMA, GSM, 2G/3G/4G/5G LTE, Wi-Fi, Bluetooth va boshqa standartlarning mobil aloqa tizimlari kanallarini tinglash qurilmalarini blokirovkalashi hamda muzokaralar, yig‘ilishlar va kirish imtixonlari uchun belgilangan xonalar doirasida yuqorida qayd etilgan mobil aloqa tizimlarining ishlashini blokirovkalashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
 
Ma’lumot uchun telefonlar:
71-235-56-45
71-234-07-22