Yopiq ish rejim

27-06-2018 | 10331

Davlat test markazi 2018/2019 o‘quv yilida oliy, oliy harbiy ta'lim muassasalari va harbiy akademik litseylarda qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlariga sifatli hamda o‘z muddatida tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish maqsadida 2018 yilning 26 iyun kunidan boshlab yopiq ish rejimiga o‘tkazildi.

Yopiq ish rejimi boshlanganligi munosabati bilan Davlat test markazida fuqarolarni qabul qilish, diagnostik test materiallari bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish va fuqarolar bilan boshqa vakolatli masalalar bo‘yicha ish olib borish 2018 yil 15 sentyabrga qadar to‘xtatiladi, shuningdek, tegishli boshqarma va bo‘limlarda telefon aloqalari o‘chiriladi. Bu davrda muddatli navbatchilik joriy etiladi.


DTM ma'muriyati